Menu

Qoplon ota ziyoratgohi (Avliyo tepa)

Diniy turizm

Tavsif

Qoplontogʻ bagʻrida Qovunkeddi va Beshbuloq qishloqlari oraligʻida joylashgan yashil goʻsha.

  • Tog' echkisi

    Tog' echkisi

Qoplontogʻ bagʻrida Qovunkeddi va Beshbuloq qishloqlari oraligʻida joylashgan yashil goʻsha ming yillar ilgari xam shunday yashilligi, shunday bokiraligi bilan aziz-avliyolar nazarini tortgan boʻlsa ajab emas! Bu manzilda soʻnggi makon tutgan aziz zotning ismlari Axmad ibn Sayf, Burxoniddin boʻlib Hazrat Alining lashkari safida sopqon otuvchi boʻlgan ekan. «Qoplon ota» ziyoratgohida sagʻana bor — Axmad ibn Sayf Burxoniddinning qoʻnim topgan manzillari — qabrlari shu joy. Manzilgoh moʻjazgina boʻlib, shifobaxsh buloq atrofida, ming yillik keksa tut va tol daraxtlari soyasida joylashgan. Mazkur manzildagi shifobaxsh buloqqa niyat qilib bir tanga tashlasangiz va qoʻl suqib bir tosh yoki tanga olsangiz, niyatingiz albatta ijobat boʻlishi mumkinligini mahalliy aholi chin koʻngildan aytadi. Bugun bu maskanda goʻzal bogʻ yaratilgan, yurtdoshlar xayru saxovati evaziga togʻ ustida juda goʻzal manzara bagʻrida xonaqoq tiklangan.

°C

Seziladi: °C

...

...

weather
Powered by WeatherAPI.com

Qayerda bo‘lasiz?

“Chorvador” QFY, Beshbuloq qishlog‘i

Yaqin atrofdagi boshqa joylar