Menu

Zomin tarix muzeyi

Etnik turizm
Madaniy turizm

Tavsif

  • Tog' echkisi

    Tog' echkisi

Tarixi

Muzey 1993-yil 12-noyabr sanasida Jizzax viloyati hokimligi qaroriga binoan, tuman tarixini oʻrganish uchun mahalliy faollar tomonidan tashkil etilgan. Muzeyning ilk direktori va ochilishida faollik koʻrsatgan mahalliy tarixchi, faol Sattor Qoraboyev hisoblanadi tashkil etilgan 1994 yil 18 may Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan muzey tashrif buyuruvchilar uchun ochilgan.

    Muzey binosi viloyat madaniy-meros ob’ektlarini muhofaza qilish inspeksiyasi homiyligida muzey binosi kapital taʼmirdan chiqarilib, ko‘rgazma zali zamon talabiga mos ravishda jihozlangan. Ilmiy xodimlar tomonidan Zomin tumanidagi qadimiy yodgorliklarda qazuv ishlarida qatnashib muzeyni yangi arxeologik topilmalar bilan boyitish ko‘zda tutilgan.

 

Eksponatlar

Muzey fondidagi eksponatlarning qadimiyligi eramizdan avvalg 3-asrdan boshlab, oʻtgan asrning boshigacha boʻlgan davrga taqaladi va xususan Kushon podsholigi, Qoraxoniylar davlati, Arablarning O‘rta Osiyo istilosi kabi davrlarga oid eksponatlarni qamrab oladi. Topilmalar asosan Mozortepa, Kultepa, Jartepa va yana bir qancha yodgorliklar hududidan topilgan keramik buyumlar, suyaklar, qurollardan iborat. 18-19-asr Zomin tepaliklarida yashagan xalqalarning kiyimlari, urf odatlariga oid eksponatlar bor.

Eksponatlar soni

Umumiy eksponatlar soniAsosiy fonddaYordamchi fonddaKo‘rgazmada
456429441620568

 

Qiziq faktlar

Muzey binosi 1909-yilda avvaliga Rossiya imperiyasi qoʻshinlari garnizoni ofitserlar majlisi uchun, imperiyaning Turkiston chegarasidagi forposti sifatida qurilgan. Sovet ittifoqi davrida binodan turli yillarda harbiy gospital, doʻkon, ma'murlik binosi va tugʻruqxona sifatida foydalanilgan. Binoning yuz yillik ekspuatatsiyasidan soʻng bino ahvoli restavratsiya ishlari olib borilishi kerak boʻlgan ayanchli holga kelib qoladi. 2013-yilda Madaniyat vazirligi tomonidan rekonstruktsiyadan chiqariladi.
 

°C

Seziladi: °C

...

...

weather
Powered by WeatherAPI.com

Qayerda bo‘lasiz?

130800, Jizzax viloyati, Zomin, Mustaqillik ko'chasi