Menu

Peshag'or g'ori

Diniy turizm
Madaniy turizm

Tavsif

  • Tog' echkisi

    Tog' echkisi

Xitoy manbalari, jumladan Tan-shu imperatorligining tarixiy solnomalarida Jizzax viloyati hududi boʻlmish Ustrushona «Sao», «Sutulusen», «Sudu» yoki «Su-duy-sha-na» deb yuritilgan. Unda aytilishicha, Shi (Toshkent) va Kan (Samarqand) shahrigacha bir xil masofa uzoqlikda boʻlgan «Yecha» shahrida ogʻzi maxkam berkitilgan gʻor boʻlgan. Bu gʻorda yiliga ikki marta qurbonlik marosimi oʻtkazilgan. Odamlar gʻor ogʻzida turib yuzlarini gʻordan chiqayotgan tutunga tutishgan. Tutun qurbonlik oʻtkazayotganning yaqinlarini turli balo-qazolardan asraydi, degan aqida boʻlgan. Eramizning 618-626 yillarida Suduyshanada yosh xokim boʻlib Kan xokimi bilan birga Xitoyga elchi yuboradi. Bu paytda Su-du shahri xam Suduyshanaga qaragan. Z.Mamadaliyevaning yozishicha, «Xitoy tarixchisi Syuan Szan bu oʻlkani «Sutulisen» deb atagan va uning hududini 1400-1500 li (Choch oʻlkasidan 1,5 barobar uzun) deydi. Urf odat va udumlari, yemagi chochliklarga oʻxshaydi. Sutulisenda shoh boʻlganidan beri bu oʻlka turklarga qaragan. Shimoli gʻarbida oʻsimliksiz va suvsiz juda katta qumlik choʻl (Mirzachul) boʻlgan. B. Gafurov, Usrushona xokimlari — «afshin»larning qarorgohini Shaxriston soyining oʻng qirgʻogʻidagi Qalʼai Qahqaha xarobalaridan izlamoq lozim, deydi. Ammo, afshin qarorgoxi Yyecha shahri boʻladigan boʻlsa, uning mahkam tambalangan va qurbonlik marosimlari oʻtkaziladigan gʻori boʻlishi kerak-ku!? Bizningcha, Yecha shahri qoldiqlarini Bosh Peshagʻar qishlogʻi yaqinidagi xadsiz kengliklarda joylashgan qoʻrgʻon va qadim shahar qoldiqlaridan izlamoq lozim. Bu yerda ogʻzi mahkam tambalangan gʻor xam bor. Bosh Pishagʻar qishlogʻi tevaragidagi xarobalar miqyosiga koʻra xam juda katta. Peshagʻarda xozir xam keksa kishilar sugʻdlarga, arablarga, mugʻullarga nisbat berilgan beshta qadimiy qabriston borligini, ularda ming yillar burungi ota-bobolar xoki yotganligini hikoya qiladilar. Xitoy manbalarida aytilgan Suduyshana poytaxtini shu joydan izlamoq joizga oʻxshaydi. Turkiston tizmasining gʻarbiy qismi — Molguzarning shimoliy yonbagʻrida, Zomin — Jizzax avtomobil traktining pastki Pishagʻar qishlogʻidan oʻtish chorrahasidan 20 kilometrlar janubda, Pishagʻarsoy irmogʻi Doʻlanaquduqsoyning chap betida joylashgan gʻor xususida biron bir zamonaviy manbalarda maʼlumot yoʻq? Nega shunday gʻor mavjudligini faqatgina yuqori Peshagʻar qishlogʻining keksalarigina bilishadi? Bu xam koʻp jumboqlarning biri. Zaxiriddin Muxammad Boburdek zukko zot tomonidan ham mazkur gʻor haqida hech bir soʻz aytilmagan. «Boburnoma»da «Peshogʻar», «Zomin», «Raboti Xoja» kabi «kent»lar nomi, Shu qishloqlar jugʻrofiyasiga oid eslatmalar bir necha oʻrinda qayta va qayta tilga olingan. Biroq nima uchundir ulkan gʻor xususida biron bir gap aytilmagan.  Peshagʻar qishlogʻi nomining etimologiyasi xususida bir necha ogʻiz soʻz.  Joy nomi tarixi, maʼnosini oʻrganuvchi toponomiya fanining yetakchi olimlari «Peshagʻar»ning «besh oqar» (besh ariq) tarzida maʼnosi boʻlishi mumkinligini tilga oladilar, ammo «Peshagʻar»ning «Peshagʻor — «gʻor ogʻzidagi (etagidagi) qishloq» tarzidagi maʼnosi xam bor. Bosh Peshagʻar qishlogʻi gʻordan besh-olti kilometr masofada, uning etagida joylashganligi, qishlok ichidan oqib oʻtuvchi suv «besh oqar» emas, balki «bir oqar» — bir soyning, «Xoʻjai Sarob» — «suv boshi xoʻjasi, egasi» deb nomlangan joydan boshlanguvchi Pishagʻarsoyning suvi, «besh jilgʻa»dan emas, balki qish va bahor mavsumida yuzlab jilgʻalardan yigʻiladi. Shuning uchun xam «Pishagʻar» atamasi aslida «Peshagʻor» tarzida tarkib topgan va davrlar oʻtishi bilan talaffuzi oʻzgarganligi ehtimoldan xoli emas. Bu  ulkan gʻorning chuqur ilmiy-arxeologik tadqiqoti yangi qiziqarli maʼlumotlar berishi aniq. Fop zaminidagi tuproqlar ostidan haqiqatan xam afsonaviy sugʻd botirining izlari topilishi mumkin.

°C

Seziladi: °C

...

...

weather
Powered by WeatherAPI.com

Qayerda bo‘lasiz?

Zomin tumani

Yaqin atrofdagi boshqa joylar