Menu

Parpi oyim ziyoratgohi

Diniy turizm

Tavsif

 Ziyratgoh hududida «dardlardan xalos etuvchi Teshiktosh» va chogʻroq sagʻana bor

  • Tog' echkisi

    Tog' echkisi

Uvol — togʻlar hovuchida, qubbasidan qor arimas Molguzarning moviy choponi etagidan joy olgan, yashil bogʻlari jannatga qiyosli qishloq. Uvolliklar oʻz qishloqlarini «koʻhna va tarixiy hikoyalarga boy, tabiat chiroy ato etgan maskan» deya taʼriflashadi. Tabiatning naqqosh qoʻli bilan yaratilgan yodgorliklari, qadim tarix bilan bogʻliq toshqoʻrgʻonlar, afsonalarga toʻla Uvolsoy daralari (Xofiz Tanish Mir Muhammad Buxoriyning «Abdullanoma» asarida «Vol darasi» haqida bitiklar bor), Sharilloqning yashil sharsharalari, Hazrat Ali mingan Duldul oti tuyogʻining izlari, zanjirining, qilichining izlari bor. 

Bu yerlarda bir bor boʻlgan kishi takror boʻlsam, deydi. 

Uvolsoy darasida «Parpi oyim» nomi bilan yuritilguvchi ziyoratgoh bor. Ziyratgoh hududida «dardlardan xalos etuvchi Teshiktosh» va chogʻroq sagʻana bor. Befarzand ayollar Teshiktoshdan uch karra oʻtib toshidan beliga bogʻlab yursalar, armoni ushalarmish. Shu joyda tepada, daraning balandroq qismida gʻor boʻlib bu joydan koʻplab kitoblar topilgan. Qoyalar ustida beklarning qarorgohi, zindoni boʻlgan emish. Daraning tubida oʻynoqlab oqayotgan suvdan kechib yuqorilansa, «Toygʻanchiq» degan joyga duch kelinadi. 

Novsimon, toyila berganidan sip-silliq boʻlib ketgan, uzunligi oʻn-oʻn ikki qadamlar keladigan bu avliyona sirpanchiqdan toyganning belida dardi, oyogʻida bodi qolmasmish. Uning shundaygina ustida tosh qoya yuzasiga oʻyib yozilgan, oʻchinqirab ketgan arab imlosidagi tosh yozuvlar bor. Ikki-ikki yarim quloch chamasi yuzaga husnixat bilan, sheʼriy jumlalar bitilgan, bu yozuvlarning kim tomonidan qachon tushirilgani nomaʼlum. Shahriston togʻlarida Zahiriddin Muhammad Boburning toshga uyib tushirilgan gʻazali borligi maʼlum. Tadqiqotchilar ushbu bitikni Boburniki deb taxmin qiladilar.

°C

Seziladi: °C

...

...

weather
Powered by WeatherAPI.com

Qayerda bo‘lasiz?

Zomin tumani Uvol qishlog‘i