Menu

Ma’rifatli jome masjidi

Diniy turizm

Tavsif

  • Tog' echkisi

    Tog' echkisi

Jizzax viloyati, Zomin tumanida joylashgan «Xolid ibn Valid» jome masjidi qaytadan barpo etilib, «Ma’rifatli» nomi bilan 2017-yil 26-may kuni namozxonlarga topshirildi. Ushbu ulkan masjidning asosiy xonaqosi 1755 joynamozni o‘z ichiga olgan bo‘lib, uning devorlari va mehrobi o‘ziga xos naqshlar bilan bezatilgan. Mohir xattotlar tomonidan mehrob ustiga hamda devoriga Qur’oni Karim oyatlarida kelgan hamda hadisi shariflarda vorid bo‘lgan duolar muhrlangan. Masjidning umumiy maydoni 1,5 gektar bo‘lib, jami 3200 dan ortiq namozxon uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, ayollar uchun ham maxsus to‘siq bilan joy ajratilgan.Masjidning tahoratxonasida bir paytning o‘zida 200 kishi tahorat qilishi mumkin. Masjidning tashqi tomonida ayollar uchun ham alohida tahoratxonalar bor.Masjidni qayta qurish ishlari 2016-yil dekabr oyida boshlangan bo‘lib, 2017-yilning 26-may kuni unda ilk bor juma namozi o‘qildi. Juma namozini O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov o‘qib berdilar.

°C

Seziladi: °C

...

...

weather
Powered by WeatherAPI.com

Qayerda bo‘lasiz?

Zomin, Jizzax viloyati